Новости школы · Maktab hayoti
Xiva shahridagi Prezident maktabida “O‘zbek madaniyati” mavzusida navbatdagi “Kelajak soati” tashkil etildi.
Xiva shahridagi Prezident maktabida “O‘zbek madaniyati” mavzusida navbatdagi “Kelajak soati” tashkil etildi. Ushbu mashg‘ulot o‘quvchilarning milliy qadriyatlarimiz, boy tariximiz va madaniy merosimizga qiziqishini oshirishga qaratildi.
Dars davomida o‘quvchilar o‘zbek xalqining urf-odatlari, milliy kiyim-kechaklari, an’analari va san’ati haqida qiziqarli va interaktiv suhbatlarda ishtirok etdilar. Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar o‘z fikrlarini erkin ifoda etish, tarixiy va madaniy bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Milliy madaniyatni o‘rganish, asrab-avaylash va uni zamonaviy hayot bilan uyg‘un holda rivojlantirish har bir ongli fuqaroning muhim vazifasidir.
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube