Новости школы · Bizning faxrimiz
Xiva shahridagi Prezident maktabida navbatdagi Maktab Prezidenti va Vitse-prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi.
🟢 Xiva shahridagi Prezident maktabida navbatdagi Maktab Prezidenti va Vitse-prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi.
Saylov jarayonida nafaqat o‘quvchilar, balki o‘qituvchilar va murabbiylar ham faol ishtirok etdilar. Ovoz berish jarayoni ochiq va shaffof tarzda tashkil etildi.
🟢 Nomzodlar saylovoldi targ‘ibotlari davomida o‘z rejalari, loyihalari va tashabbuslarini taqdim etib, saylovchilarni o‘z g‘oyalari bilan tanishtirdilar.
🟢 Ushbu jarayon o‘quvchilarda yetakchilik, fuqarolik mas’uliyati va jamoatchilik faolligini shakllantirishga xizmat qildi.
G‘olib nomzodlar maktab hayotida ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirish yo‘lida faoliyat olib borishadi.