Новости школы · Bizning faxrimiz
Xiva shahridagi Prezident maktabida bugun barcha sinflarda “Mening portfoliom” mavzusida “Kelajak soati”…
Xiva shahridagi Prezident maktabida bugun barcha sinflarda “Mening portfoliom” mavzusida “Kelajak soati” darslari yuqori saviyada tashkil etildi.
Darslar davomida o‘quvchilar o‘z yutuqlari, maqsadlari va kelajak rejalari aks etgan portfoliolarini shakllantirish bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Interaktiv mashg‘ulotlar orqali ular o‘z ustida ishlash, muvaffaqiyatlarini tahlil qilish hamda kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
“Kelajak soati” darslari o‘quvchilarning shaxsiy rivoji va maqsad sari intilishida muhim qadamdir.