Новости школы · Bizning faxrimiz
Xitoy: Vazir E’zoza Karimova boshchiligidagi delegatsiya “Raqamli taʼlim bo‘yicha Jahon konferensiyasi…
📰📰📰📰📰📰📰
📍Xitoy: Vazir E’zoza Karimova boshchiligidagi delegatsiya “Raqamli taʼlim bo‘yicha Jahon konferensiyasi – 2026”da ishtirok etdi
🌐Tadbir ochilishida Xitoy Xalq Respublikasi Vitse-prezidenti Xan Chjen sunʼiy intellekt davrida taʼlim transformatsiyasi global taraqqiyotning muhim omiliga aylanganini taʼkidlab, raqamli taʼlimni rivojlantirishda xalqaro hamkorlik ahamiyati ortib borayotganini qayd etdi.
⏺Konferensiyada turli davlatlarning taʼlim vazirlari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, Nobel mukofoti laureatlari hamda yetakchi texnologik kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.
➡️Konferensiya doirasida vazir Ezoza Karimova Qozog‘iston, Tayland, Buyuk Britaniya va Serbiya taʼlim vazirlari bilan qisqa uchrashuvlar o‘tkazib, raqamli taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.