Новости школы · Bizning faxrimiz

Xalqaro e’tirof, akkreditatsiya va yuqori maoshlar

24.04.2026 391

✅ Xalqaro e’tirof, akkreditatsiya va yuqori maoshlar

Keyingi 7 yilda iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilib, ta’lim jarayonlariga xorijiy tajriba va xalqaro standartlar joriy etildi.

✅ Xususan, qisqa muddat ichida Prezident maktablari Cambridge, CIS, Cognia.Inc va Pearson-Edexcel kabi xalqaro ta’lim tashkilotlari akkreditatsiyasidan o‘tkazilib xalqaro maktab maqomiga ega bo‘ldi.

✅ Prezident maktablari IELTS, SAT, A-level hamda AS-level sertifikatlari imtihonlari o‘tkaziladigan British Council, College Board, Cambridge va Pearson-Edexcel tashkilotlarining rasmiy markazlariga aylandi.

✅ Mirzo Ulug‘bek va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar – Xalqaro Bakalavriat tashkilotining Middle Years Programme dasturi bo‘yicha.

✅ Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati – Diploma Programme dasturi bo‘yicha akkreditatsiyadan o‘tkazildi.

Prezident maktablarining 43 nafar mahalliy o‘qituvchilari xorijiy kurslarni muvaffaqiyatli tamomlab xalqaro o‘qituvchi maqomini qo‘lga kiritdi.

“Xalqaro o‘qituvchi” maqomiga ega pedagoglar bugungi kunda 3 ming AQSh dollariga yaqin miqdorda oylik maosh olmoqda.

Ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda STEM fanlari bosqichma-bosqich ingliz tilida o‘qitib kelinmoqda.

“Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, 1 500 nafar ishtirokchi nufuzli xorijiy oliygohlarga maqsadli tayyorlab kelinmoqda.