Новости школы · Xalqaro hamkorlik
Vashingtonda AIEA global ta’lim konferensiyasida O‘zbekiston tashabbuslari yuqori e’tirof etildi
📰📰📰📰📰📰📰
Vashingtonda AIEA global ta’lim konferensiyasida O‘zbekiston tashabbuslari yuqori e’tirof etildi
AQShning Vashington shahrida 2026 yil 16–19 fevral kunlari Xalqaro ta’lim ma’murlari uyushmasining (AIEA) nufuzli yillik konferensiyasi o‘z ishini boshladi. Mazkur konferensiya tarixan ta’limni baynalmilallashtirish yo‘nalishida global akademik kun tartibini shakllantiruvchi asosiy strateglar va yetakchilarni birlashtiruvchi dunyodagi yetakchi platformalardan biri hisoblanadi.
Tantanali ochilish marosimida AIEA Prezidenti, fan doktori hamda Garvard universiteti bitiruvchisi Paulo Zagalo-Melo dasturiy nutq bilan ishtirok etdi. U o‘z nutqida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab, innovatsion ta’lim ekotizimlarini shakllantirishda AIEA platformasining muhim o‘rnini alohida ta’kidladi.
Nutq davomida O‘zbekiston Respublikasiga alohida e’tibor qaratildi. Paulo Zagalo-Melo mamlakatda ta’lim tizimini transformatsiya qilishga qaratilgan strategik tashabbuslarni hamda uning jahon akademik hamjamiyatiga faol integratsiyalashuvini ochiq qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek, u O‘zbekiston ta’lim muassasalarining xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.
Mazkur yuqori darajadagi e’tirof O‘zbekistonda ta’lim sohasini modernizatsiya qilish borasida olib borilayotgan islohotlarning xalqaro miqyosda e’tirof etilayotganini yana bir bor tasdiqlaydi hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni jalb qilish va yangi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish uchun muhim imkoniyatlar yaratadi.