Новости школы · Xalqaro hamkorlik

UrDPIda yana uch nafar xorijiy mutaxassis dars beradi

15.11.2025 774

🤩 UrDPIda yana uch nafar xorijiy mutaxassis dars beradi

Bugun Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova Prezident maktabi direktori Sattorbek Yo‘ldoshev va fizika fani bo’yicha xorijiy mutaxassis Farooq Ali Balhrolar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida xorijiy pedagoglarni ta’lim jarayoniga keng jalb qilish, tajriba almashish va talabalar uchun mahorat darslari tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Endilikda Prezident maktabida faoliyat yuritayotgan xorijiy mutaxassislardan uch nafari fizika, biologiya va ingliz tili mutaxassisliklari bo’yicha institut talabalariga dars berishi belgilandi.

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐 Sayt ✅ Telegram💬Facebook 🌐 Instagram 🎞 YouTube