Новости школы · Bizning faxrimiz
UNESCO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi doirasida, Serbiya Respublikasi Birinchi xonimi Tamara Vuchich…
📰📰📰📰📰📰📰
✅ UNESCO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi doirasida, Serbiya Respublikasi Birinchi xonimi Tamara Vuchich Samarkand shahridagi Prezident maktabida bo'ldi.
Uchrashuv davomida Tamara Vuchich maktabda yaratilgan zamonaviy taʼlim sharoitlari, jumladan, maktab hayoti, o‘quv va STEAM-laboratoriya xonalari, kutubxona, o‘quvchilar turar joyi, oshxona hamda boshqa mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.
➖ Shuningdek, Vuchich xonim maktabning turli yo‘nalishlarda chuqur bilim olayotgan faol o‘quvchilar bilan bevosita muloqot qilib, yoshlarning ilmiy izlanishlari, g‘oyaviy yondashuvlari va erishgan yutuqlarini e’tirof etdi.