Новости школы

TALABGORLAR DIQQATIGA!

23.06.2026 405

📢 TALABGORLAR DIQQATIGA!

Kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarga ruxsatnomani yuklab olish bo‘yicha SMS-xabarnomalar yuborilmoqda.

Ruxsatnomani yuklab olgach, undagi quyidagi ma’lumotlarni diqqat bilan tekshirib chiqing:

✅ Imtihon topshiriladigan maktab turi;
✅ Talabgorning shaxsiy ma’lumotlari;
✅ Imtihon o‘tkaziladigan bino nomi va manzili;
✅ Imtihon o‘tkaziladigan sana va boshlanish vaqti.

‼️ MUHIM!

Talabgorlardan imtihon o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqtdan kamida 1 soat oldin yetib kelishlari so‘raladi.

🔴 Hurmatli ota-onalar va talabgorlar!

Imtihon jarayonlarining belgilangan tartibda va o‘z vaqtida tashkil etilishini ta’minlash maqsadida belgilangan vaqtlarga qat’iy amal qilishingizni so‘raymiz.

☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.