Новости школы · Tadbirlar
Respublika o‘quv-treningi Andijonda bo‘lib o‘tdi
🇺🇿 Respublika o‘quv-treningi Andijonda bo‘lib o‘tdi
🎓 Andijon shahridagi Prezident maktabida “Ta’limda sog‘lom ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash” mavzusida respublika o‘quv-treningi bo‘lib o‘tdi.
✅ Tadbirda Prezident maktablarida faoliyat yuritayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, maktab psixologlari va tarbiyachi-pedagoglar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida bir qancha muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi:
🟢 ta’lim jarayonida sog‘lom ma’naviy-psixologik muhitni shakllantirish;
🟢 kasbiy etika me’yorlariga amal qilish;
🟢 samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
O‘quv-trening dasturi doirasida amaliy mashg‘ulotlar, tajriba almashish, zamonaviy yondashuvlar hamda ish samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar taqdim etildi.
Mazkur trening ishtirokchilarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish, mas’uliyat va ijro intizomini mustahkamlash hamda ta’lim muhitida barqaror ijobiy muhitni ta’minlashga xizmat qiladi.