Новости школы · Xalqaro hamkorlik

“Rektorlar maktabi” tinglovchilari Harvardda malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar!

22.07.2026 1141

✅ “Rektorlar maktabi” tinglovchilari Harvardda malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar!

AQSHning Harvard Graduate School of Education bilan hamkorlik to‘g‘risida muhim kelishuv imzolandi. Unga ko‘ra, “Rektorlar maktabi” dasturida eng yuqori natijalarga erishgan bitiruvchilar Harvard universitetida malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Hamkorlik doirasida tinglovchilar universitetlarni strategik boshqarish, akademik liderlik, ta’lim sifatini ta’minlash, ilmiy faoliyatni boshqarish, innovatsiyalarni tijoratlashtirish hamda oliy ta’lim tizimini transformatsiya qilish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganadilar.

Shuningdek, Massachusets texnologiya instituti (MIT) Gumanitar fanlar, san’at va ijtimoiy fanlar maktabi dekani Agustin Rayo bilan muzokaralar chog‘ida “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari, professor-o‘qituvchilari va yosh tadqiqotchilari uchun yangi imkoniyatlar muhokama qilindi.

Jumladan:
✔️ iqtisodiyot va ijtimoiy fanlar yo‘nalishlarida qo‘shma tadqiqotlar olib borish;
✔️ ilmiy tajriba almashish;
✔️ talabalarni xalqaro loyihalarga jalb etish masalalari ko‘rib chiqildi.

MITning Xalqaro fan va texnologiyalar tashabbuslari dasturi doirasida talabalar va tadqiqotchilar uchun almashinuv, amaliyot va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.