Новости школы · Bizning faxrimiz
Qadrli yurtdoshlar, Vatanimiz posbonlari!
Qadrli yurtdoshlar, Vatanimiz posbonlari!
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida sidqidildan xizmat qilib kelayotgan aziz yigitlar!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Yurtimiz osoyishtaligi, tinchligi va davlat chegaralarimiz daxlsizligini ta’minlash yo‘lida olib borayotgan fidokorona mehnatingiz va beqiyos hissangiz tahsinga loyiq. Sizning jasorat, matonat va mardonavorlik bilan kechayotgan faoliyatingiz nafaqat jamiyatimiz, balki yosh avlod uchun ham chinakam ibrat maktabidir.
Ayniqsa, o‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik, fidoyilik va mas’uliyat ruhida tarbiyalash borasida ko‘rsatayotgan sa’y-harakatlaringiz yuksak e’tirofga munosibdir. Vatanni sevish, uning ravnaqi yo‘lida vijdonan xizmat qilish hamda yurt taqdiriga doimo mas’uliyat bilan yondashish - insondagi eng oliy fazilatlardandir. Shu ma’noda, sizning sharafli va mas’uliyatli faoliyatingiz har tomonlama faxr va chuqur hurmatga loyiq.
Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, kuch-g‘ayrat hamda ona Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli xizmatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
🎉 Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Sevara Shakirova
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori