Новости школы · Xalqaro hamkorlik
Prezident maktablari o‘quvchilari Rimda xalqaro ta‘lim dasturida ishtirok etishmoqda
#Xalqaro_hamkorlik
📰📰📰📰📰📰📰
Prezident maktablari o‘quvchilari Rimda xalqaro ta‘lim dasturida ishtirok etishmoqda
Ayni damda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablaridan saralab olingan iqtidorli o‘quvchilar Italiya Respublikasining Rim shahrida bo‘lib, SIOI tomonidan tashkil etilgan “Young Minds for Global Futures: Discovering International Relations from Diplomacy to Technology” xalqaro ta’lim dasturida ishtirok etmoqdalar.
Mazkur dastur doirasida o‘quvchilar ingliz tilida olib boriladigan interaktiv mashg‘ulotlar orqali xalqaro munosabatlar, diplomatiya, global boshqaruv hamda texnologiyaning zamonaviy dunyodagi o‘rni bo‘yicha bilimlarini yanada mustahkamlamoqda.
✅Ushbu ta’lim tashabbusi SIOI hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘rtasida 2025-yil 13-mart kuni Rim shahrida imzolangan hamkorlik kelishuvi doirasida amalga oshirilmoqda.
🌍 Yosh iqtidorli o‘quvchilar bugun o‘z bilimlarini nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda namoyon etmoqda.
Prezident maktablarida olingan bilimlar xalqaro maydonda e’tirof etilib, o‘quvchilarimiz bilim salohiyati bilan xorijiy mutaxassislarni ham lol qoldirmoqda.
Bu tashabbus yoshlarning global tafakkurini kengaytirish, xalqaro tajriba orttirish va ularni kelajakning raqobatbardosh yetakchilari sifatida shakllantirishga xizmat qilmoqda.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍