Новости школы

O‘zbekiston Respublikasida davlat tili maqomi berilgan kun muborak!

21.10.2025 608

O‘zbekiston Respublikasida davlat tili maqomi berilgan kun muborak!

1989-yil 21-oktabr — xalqimiz tarixida alohida ahamiyatga ega sanadir. Aynan shu kuni o‘zbek tili davlat tili sifatida qonuniy maqomga ega bo‘lgan.

Davlat tili — bu milliy o‘zligimiz, mustaqillik va istiqlol ramzi,
el-yurtimizni birlashtiruvchi bebaho qadriyatdir. Ona tilimiz xalqimizning boy madaniyati, o‘lmas merosi va tafakkur salohiyatining yorqin ifodasidir.

Bugun o‘zbek tili davlat boshqaruvi, ta’lim, ilm-fan va xalqaro miqyosda tobora keng qo‘llanmoqda. Ta’lim tizimida esa ona tilining sofligini saqlash, to‘g‘ri va savodli qo‘llash, til madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Tilga hurmat — bu millatga hurmat. Har bir so‘z, har bir ifoda orqasida xalqning yuragi, tarixi va ruhi mujassam. Shu bois biz, ta’lim sohasining vakillari, yosh avlod qalbida ona tiliga mehr, so‘zga hurmat va nutq madaniyatini shakllantirishni o‘z oldimizga ustuvor vazifa qilib qo‘yamiz.

Ona tilimiz doimo e’zozda bo‘lsin, uning jarangi hech qachon so‘nmasin!

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

Bizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube