Новости школы · Tadbirlar
O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri 🇺🇿
🇺🇿 O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri 🇺🇿
2025-yil 21-oktyabr kuni Xiva shahridagi Prezident maktabida O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan “Bir til – bir xalq, bir yurak” nomli ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan O‘zbek tili madhiga bag‘ishlangan kuy va qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari, she’rlar hamda raqslar ijro etildi. Ushbu chiqishlar orqali o‘quvchilarimiz ona tilimizning boy tarixini, go‘zalligini va xalqimiz hayotidagi o‘rni naqadar muhim ekanligini yuksak badiiy mahorat bilan ifoda etdilar.
Mazkur tadbir o‘quvchilarda milliy g‘urur, ona tiliga hurmat va e’tiqodni yanada mustahkamlash, ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.