Новости школы · Tadbirlar
“Ma’naviyat yetakchisi” tanlovi va seminari: tarbiya va liderlik yo‘lida muhim qadam
💐 “Ma’naviyat yetakchisi” tanlovi va seminari: tarbiya va liderlik yo‘lida muhim qadam
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport maktablari hamda maktab-internatlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat yetakchisi” Respublika tanlovi doirasida “Renessans” bolalar oromgohida seminar-trening jarayonlariga start berildi.
✅ Dastur doirasida ishtirokchilar uchun “Kelajak soati” loyihasining asosiy koordinatori Inobat Ahatova trening o‘tkazdi. Unda zamonaviy ta’lim muhitida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etish, liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish va innovatsion yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, yoshlar ongiga vatanparvarlik tuyg‘ularini singdirish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ularni kelajak avlodga yetkazishda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning o‘rni xususida ham fikr almashildi.
Seminarda taniqli mutaxassislar tomonidan quyidagi mavzularda treninglar tashkil etildi:
✅ Shirin Abidova (O‘zbekiston Ko‘ngillilar Assotsiatsiyasi rahbari) – “Volontyorlik” mavzusida;
✅ Raximboy Jumaniyozov (Notiqlik san’ati akademiyasi rahbari) – “Boshqaruvda germenevtik mahorat” mavzusida;
✅ Farrux Jabborov (“Til va adabiyot ta’limi” jurnali bosh muharriri) – “Davlat ramzlari orqali vatanparvarlik, yurtga sadoqat va milliy qadriyatlarga hurmat” mavzusida.
Seminar davomida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashib, respublika bosqichiga puxta tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.
Bunday tadbirlar ta’lim muassasalarida milliy o‘zlikni anglash, Vatanga sadoqat va yuksak ma’naviyatni targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.