Новости школы

Kazakova Saxiba Abdurayimovna — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq…

14.07.2025 1014

Kazakova Saxiba Abdurayimovna — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Akademik faoliyat bo‘yicha birinchi prorektori lavozimiga tayinlandi.

Saxiba Kazakova - Navoiy davlat Pedagogika instituti va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini tamomlagan.

Taʼlimdagi mehnat faoliyatini 2009-yilda Navoiy pedagogika kollejida boshlagan.

Respublika taʼlim markazida, Osiyo taraqqiyot bankida va Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.

2023-yilda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Bugunga qadar Agentlikning Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube |  🌐Instagram