Новости школы · Bizning faxrimiz
Ixtisoslashtirilgan ta’lim tizimida navbatdagi muhim yig‘ilish
Ixtisoslashtirilgan ta’lim tizimida navbatdagi muhim yig‘ilish
Joriy yilning 26-noyabr kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Ilmiy-metodik kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda nufuzli oliy ta’lim muassasalari olimlari, ixtisoslashtirilgan maktablarning amaliyotchi o‘qituvchilari va yangi darsliklar ustida ishlagan mualliflar ishtirok etdi.
🔺 Avvalo yil sarhisobi taqdim qilinib, amalga oshirilgan ishlar samaradorligi ko‘rib chiqildi.
🔺 Agentlik maktablari o‘quvchilari uchun ishlab chiqilgan qator darslik va qo‘llanmalar muhokama qilindi. Ular orasida:
– 7-sinf Matnshunoslik darsligi
– 7-sinf Kimyo darslik majmualari
– 8-sinf Informatika
– 9-sinf Ona tili
– Qoraqalpoq tilidagi 9-sinf Ona tili va Adabiyot darsliklari
– Pedagogik mahorat, xalqaro baholash va Fan olimpiada markazlari tomonidan tayyorlangan o‘quv dastur hamda qo‘llanmalar
📕 Kun tartibida belgilangan 6 ta fan darsliklari mualliflar tomonidan taqdim qilindi va har bir kitob bo‘yicha kengash a’zolarining fikr-mulohazalari tinglandi.
✔️ Muhokama yakunida barcha taqdim etilgan darsliklarga oliy ta’lim muassasalari va ixtisoslashtirilgan maktablar tomonidan ijobiy taqrizlar olingani ma’lum qilindi.
📝 Yakunda Ilmiy-metodik kengash tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida darsliklarni nashrga tavsiya etish bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.