Новости школы · Sport

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari…

08.06.2026 691

🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari soddalashtirilgan, shaffof va qulay qilib tashkil etilmoqda.

✅ Yangi o‘quv yilida 9 ta ixtisoslashtirilgan va 11 ta muhandislik maktabi ochiladi.

➡️ 5 500 ga yaqin iqtidorli o‘quvchi uchun joy yaratiladi;
➡️ 700 dan ortiq yangi ish o‘rni tashkil etiladi.

Agentlik tomonidan 1-maydan boshlab 1206 qisqa raqamli Call-markaz ishga tushirilgan. Hozirgi kunga qadar 51 mingga yaqin qo‘ng‘iroq qabul qilingan va ularga to‘liq ma’lumot berilgan.

Hujjatlar onlayn tarzda — my.gov.uz va ariza.piima.uz platformalari orqali qabul qilinmoqda.

✅ Sport, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar hamda “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi uchun hujjat qabuli: 15-may — 4-iyun kunlari mobaynida 383 mingdan ortiq hujjat topshirildi.

✅Prezident maktablari uchun: hujjatlar qabuli 25-maydan boshlangan bo‘lib, 14-iyunga qadar davom etadi.

✅Ma'lumot uchun: tizimdagi ba'zi maktablarga hujjatlar qabuli
8-iyundan 15-iyunga qadar uzaytiriladi.

Bu yil ariza topshirish jarayoni 3 qadamgacha qisqartirilgan.

➡️ Talabgorlarning vaqti o‘rtacha 15 daqiqagacha tejalgan;
➡️ Keraksiz hujjatlar va byurokratik to‘siqlar bekor qilingan.

🖌 Imtihonlar 15-iyundan 31-iyulgacha butun respublika bo‘ylab 121 ta katta sig‘imli binoda tashkil etiladi. Jarayon ochiqlik, adolat va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkaziladi.