Новости школы · Bizning faxrimiz

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida muhandislik maktablari tashkil etiladi

18.09.2025 830

#соҳага_доир_ҳужжатлар

📣 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida muhandislik maktablari tashkil etiladi

✅ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi avlod muhandislarini tayyorlash va muhandislik taʼlimini rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra:

➖ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida “Yangi Oʻzbekiston” universiteti hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab tajribasi asosida muhandislik maktablari tashkil etiladi.

👉 2026-2027-oʻquv yilidan boshlab:

➖ mazkur maktablarga oʻquvchilarni saralab olish va qabul qilish boshlanadi hamda bir sinfda oʻquvchilar soni 24 nafar, umumiy cheklangan soni 240 nafar etib belgilanadi;

➖ birinchi oʻquv yilida 7-10-sinflarga, ikkinchi oʻquv yilidan boshlab umumtaʼlim maktablarining 6-sinf bitiruvchilari orasidan 7-sinfga qabul qilinadi;

➖ oʻquv jarayoni 5 yillik dastur asosida STEM modeli boʻyicha tashkil etiladi hamda dastlabki 3 yilda fizika, matematika va xorijiy til fanlaridan, keyingi 2 yilda muhandislik fanlari boʻyicha boshlangʻich tayyorgarlikka eʼtibor qaratiladi;

➖ muhandislik maktablarining 11-sinf oʻquvchilari uchun ikki oylik majburiy ishlab chiqarish amaliyoti (stajirovka) joriy etiladi;

➖ muhandislik maktablarida oʻquv jarayonini tashkil etish va boshqarish boʻyicha akademik direktor lavozimi joriy etiladi;

👉 2026-yil 1-yanvardan boshlab:

➖ har yili umumtaʼlim maktablari oʻrtasida Prezident sovrini uchun “Ilgʻor muhandislik maktabi” milliy tanlovi oʻtkaziladi;

➖ tanlovning Respublika bosqichi gʻoliblari uchun xorijiy davlatlarga taʼlim sayohati tashkil etiladi;

➖ tanlovning Respublika bosqichida 1-oʻrinni egallagan maktabga muhandislikka oid laboratoriyalar jamlanmasini oʻz ichiga olgan Innovatsion texnopark tashkil etish uchun 1 milliard soʻm miqdorida mablagʻ ajratiladi.

👉 Qarorning to‘liq matni