Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining 2025-yil 5-noyabrdagi 172-AF-son buyrug‘i…
🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining 2025-yil 5-noyabrdagi 172-AF-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Xiva shahridagi Prezident maktabida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, xodimlarning huquqiy madaniyati va mas’uliyatini oshirishga qaratilgan bir qator faoliyatlar yo‘lga qo‘yildi.
🗓 2025-yil 1–25-noyabr kunlari davom etadigan mazkur oylik doirasida o‘qituvchilar ishtirokida “Stop korrupsiya” 🚫 xeshtegi ostida turli ijodiy va ijtimoiy chellenjlar tashkil etilmoqda.
💫 Ushbu tashabbus xodimlar orasida halollik, poklik, mas’uliyat va fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashga, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ongli yondashuvni rivojlantirishga xizmat qiladi.
🔹 Korrupsiyadan holi jamiyat — farovon va barqaror kelajak poydevori.
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube