Новости школы

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

26.06.2025 605

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

✅ Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan, Shakirov Xasan Rustamovich — Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar “Yangi O‘zbekiston” universiteti moliyaviy va ma’muriy ishlar bo‘yicha prorektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Xasan Shakirov 2001-2016-yillarda Moliya vazirligida mas'ul lavozimlarda, 2016-2020-yillarda Tashqi ishlar vazirligida Moliya-iqtisod boshqarmasi boshlig‘i, 2020-2022-yillarda esa Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida Moliyalashtirish va rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2022-2024-yillarda esa Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida boshqarma boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.

Vazirlik jamoasi Xasan Shakirovga kelgusi faoliyatida omad tilaydi.