Новости школы · Bitiruvchilar
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova Qoraqalpog‘iston…
✅ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘rganish tashrifi bilan bo‘ldi.
Tashrifdan asosiy maqsad — ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganish, mavjud muammolarni joyida aniqlash hamda rivojlanish yo‘nalishlarini belgilashdan iborat.
🟢Tashrif davomida quyidagi yo‘nalishlar tahlil qilindi:
— moddiy-texnik baza va jihozlar holati;
— o‘quv jarayoni sifati, jumladan xalqaro standartlar (Cambridge) asosida ta’limni tashkil etish;
— o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar (yotoqxona, ovqatlanish, to‘garaklar);
— pedagog kadrlarning malakasi va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.
Shundan so‘ng hududdagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab direktorlari bilan 2026–2027-o‘quv yilida ta’lim sifatini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlarning uch chorak yakunlari muhokama qilindi.
Aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Qo‘shimcha vaqt talab etiladigan masalalar bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilishi belgilandi.
O‘zlashtirish ko‘rsatkichlari pasaygan o‘quvchilar bilan individual ishlash, ularning bilimlaridagi bo‘shliqlarni bartaraf etish hamda yakuniy davlat imtihonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tegishli vazifalar yuklatildi.
🟢Shuningdek, quyidagi yo‘nalishlarda ishlarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi:
— kasbiy rivojlanish kunlarini samarali tashkil etish;
— iqtidorli o‘quvchilarni qabul imtihonlariga keng jalb etish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish;
— bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga yo‘naltirish;
— dars va laboratoriya mashg‘ulotlari sifatini oshirish.
Mazkur tashrif ta’lim tizimidagi islohotlarni izchil davom ettirish, har bir o‘quvchiga sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Agentlik hududlardagi maktablar bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda muammolarni tizimli hal etish ishlarini davom ettiradi.