Новости школы · Bizning faxrimiz
Eng nufuzli xalqaro olimpiadalar tarixida yangi rekord — 13 ta medal
🥇Eng nufuzli xalqaro olimpiadalar tarixida yangi rekord — 13 ta medal
✅ 2025-yilda o‘zbekistonlik o‘quvchilar qator xorijiy davlatlarda o‘tkazilgan eng nufuzli xalqaro olimpiadalarda 13 ta medal (2 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza)ni qo‘lga kiritdi.
Xususan:
📍 Birlashgan Arab amirliklarida 96 davlat ishtirokida o‘tkazilgan Xalqaro kimyo olimpiadasida — 2 ta oltin, 2 ta kumush;
📍 Avstraliyada 105 davlat ishtirokida o‘tkazilgan Xalqaro matematika olimpiadasida — 4 ta kumush, 1 ta bronza;
📍 Boliviyada 90 dan ortiq davlat ishtirokida o‘tkazilgan Xalqaro informatika olimpiadasida — 1 ta kumush, 1 ta bronza;
📍 Parij shahrida 96 ta davlat ishtirokida o‘tkazilgan Xalqaro Fizika olimpiadasida — 2 ta bronza medallari sohibi bo‘ldi.
JONLI EFIR