Новости школы · Tadbirlar

“El-yurt umidi” jamg‘armasi tadbiri

12.10.2025 1167

🇺🇿 “El-yurt umidi” jamg‘armasi tadbiri

Xiva shahridagi Prezident maktabida “El-yurt umidi” jamg‘armasi kunlari doirasidagi navbatdagi tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda “El-yurt umidi” jamg‘armasi boshqarma boshlig‘i G‘.Xatamov, jamg‘armaning bosh inspektorlari M.Fayziyev va boshqalar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida yoshlar uchun xorijda ta’lim olish, malaka oshirish va ilmiy faoliyat yuritish imkoniyatlari, tanlovlarda ishtirok etish tartibi hamda jamg‘armaning yangi loyihalari haqida batafsil ma’lumot berildi.