Новости школы · Bizning faxrimiz
Tanlov davom etadi: 6 mingdan ziyod nomzod test sinoviga yo‘l oldi!
📢DIQQAT E'LON!
Tanlov davom etadi: 6 mingdan ziyod nomzod test sinoviga yo‘l oldi!
🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi – yangidan tashkil etilayotgan va amaldagi ixtisoslashtirilgan maktablardagi o‘qituvchilar vakant o‘rinlari uchun tanlovning 2-bosqichi (test sinovi) hududlar kesimida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
📆 Test sinovlari joriy yilning 11–12-avgust kunlari PEDAGOGLAR ATTESTATSIYA jarayonlari bo‘lib o‘tadigan binolarda o‘tkaziladi.
📊 Tanlovning 1-bosqichiga 7 853 nafar nomzod ariza topshirgan.
📊shundan 6 479 nafari ikkinchi bosqich (test)ga muvaffaqiyatli o‘tgan.
❗️Eslatib o‘tamiz, Test sinovlarini shaffofligini ta'minlash maqsadida Agentlikning mas’ul xodimlari tomonidan hududlar kesimida tashkil etilishi belgilangan.
📍Test jarayonlari o‘tkaziladigan binolar manzillari roʻyxati bilan quyida tanishishingiz mumkin.
🔗 Qo‘shimcha ma’lumotlar Agentlik rasmiy kanallari orqali e’lon qilib boriladi.
Sizdek nomzodlarning tanlovimizda ishtirok etishidan xursandmiz!
Bizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube