School news · Bizning faxrimiz

Tanlov davom etadi: 6 mingdan ziyod nomzod test sinoviga yo‘l oldi!

09.08.2025 700

📢DIQQAT E'LON!

Tanlov davom etadi: 6 mingdan ziyod nomzod test sinoviga yo‘l oldi!

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi –  yangidan tashkil etilayotgan va amaldagi ixtisoslashtirilgan maktablardagi o‘qituvchilar vakant o‘rinlari uchun tanlovning 2-bosqichi (test sinovi) hududlar kesimida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

📆 Test sinovlari joriy yilning 11–12-avgust kunlari PEDAGOGLAR ATTESTATSIYA jarayonlari bo‘lib o‘tadigan binolarda o‘tkaziladi.

📊 Tanlovning 1-bosqichiga 7 853 nafar nomzod ariza topshirgan.
📊shundan 6 479 nafari ikkinchi bosqich (test)ga muvaffaqiyatli o‘tgan.

❗️Eslatib o‘tamiz, Test sinovlarini shaffofligini ta'minlash maqsadida Agentlikning mas’ul xodimlari tomonidan hududlar kesimida tashkil etilishi belgilangan.

📍Test jarayonlari o‘tkaziladigan binolar manzillari roʻyxati bilan quyida tanishishingiz mumkin.

🔗 Qo‘shimcha ma’lumotlar Agentlik rasmiy kanallari orqali e’lon qilib boriladi.

Sizdek nomzodlarning tanlovimizda ishtirok etishidan xursandmiz!

Bizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube