Новости школы

Agentlik axborot xizmatining rasmiy ogohlantirishi

08.07.2026 865

DIQQAT, E’LON!

📢Agentlik axborot xizmatining rasmiy ogohlantirishi

🟡 Ayni daqiqalarda ijtimoiy tarmoqlarda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati va xodimlari nomidan soxta akkauntlar ochilib, ular orqali feyk (yolg‘on) xabarlar tarqatilmoqda.

🎓 Agentlik rasmiy ma’lumotlarni faqat quyidagi manbalar orqali e’lon qiladi:

✅Rasmiy veb-sayt, Telegram, YouTube, Instagram va Facebook sahifalari
✅Direktor Sevara Shakirovaning rasmiy telegram kanali

⚠️ Eslatma:

❌ Yolg‘on xabarlarni tarqatmang;
❌ Soxta profillarni bloklang (Report);
❌ Shubhali havolalarga kirmang.

⚠️ Hurmatli fuqarolar, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori yoki Agentlikning boshqa mas'ul xodimlari sizga birinchi bo‘lib shaxsiy messenjerlar orqali yozib, shubhali topshiriq, ko‘rsatma, moliyaviy talab yoki turli takliflar bilan murojaat qilmaydi.

Agar sizga Agentlik nomidan shunday mazmundagi xabarlar yuborilsa, ularga ishonmaslikni, shaxsiy ma'lumotlaringizni taqdim etmaslikni hamda hech qanday to‘lovni amalga oshirmaslikni so‘raymiz.

Agentlik faoliyati yuzasidan savol, murojaat yoki takliflaringiz bo‘lsa, faqat Agentlikning rasmiy aloqa kanallari va rasmiy axborot manbalari orqali murojaat qilishingizni tavsiya etamiz.