Новости школы · Tadbirlar
Bugun Zulfiyaxonim tavalludining 111 yilligi munosabati bilan 6-sinf o‘quvchilari ishtirokida…
Bugun Zulfiyaxonim tavalludining 111 yilligi munosabati bilan 6-sinf o‘quvchilari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida Zulfiyaxonim hayoti va ijodi haqida ma’lumot berildi. Shoiraning Vatanga muhabbat, sadoqat va insoniylik tuyg‘ularini tarannum etgan she’rlaridan namunalar o‘qildi.
Suhbat jarayonida o‘quvchilar faol ishtirok etib, asarlar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar. Tadbir yosh avlod qalbida adabiyotga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube