Новости школы · Bizning faxrimiz
Bugun Xiva shahridagi Prezident maktabida Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan 5-sinf…
Bugun Xiva shahridagi Prezident maktabida Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan 5-sinf o‘quvchilari hamda Xiva shahar 10-son umumta’lim maktabining “Jasorat sinfi” o‘quvchilari ishtirokida harbiy musobaqa tashkil etildi.
Musobaqa doirasida o‘quvchilar:
✅ Kamondan o‘q uzish
✅ Temur tuzuklari bo‘yicha savol-javob
✅ Armrestling
✅ Arqonga chiqib tushish va boshqa jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajardilar.
🏅 Tadbir davomida o‘quvchilar nafaqat jismoniy chidamlilik va jasoratlarini namoyon etdilar, balki tarixiy bilimlarini sinab ko‘rdilar.
Barcha ishtirokchilarni faol ishtiroki va jasoratlari bilan tabriklaymiz!