Новости школы

Bugun Resublikamiz bo‘ylab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident…

25.06.2026 700

🇺🇿 Bugun Resublikamiz bo‘ylab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga kirish imtihonlarining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Imtihon – har bir bola uchun mas’uliyatli, hayajonli va muhim kun. Ayniqsa, Prezident maktablariga kirish imtihoni – bu nafaqat bilim, balki orzu va kelajak sari qo‘yilgan ilk qadamdir.

Shu sababli, bolajonlarimizning kayfiyati va ruhiy holati biz uchun alohida ahamiyatga ega. Imtihon oldidan ularga ko‘tarinki ruh va ishonch bag‘ishlash maqsadida musiqiy daqiqalar tashkil etildi. Bu oddiy, ammo samimiy tashabbus ularning yuziga tabassum olib keldi va qalblariga iliqlik ulashdi.