Новости школы · Bizning faxrimiz

Bugun men uchun unutilmas va katta mas’uliyat yuklaydigan kun bo‘ldi.

31.07.2026 731

💐 Bugun men uchun unutilmas va katta mas’uliyat yuklaydigan kun bo‘ldi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandim.

Avvalo, menga bildirilgan ushbu yuksak e’tirof uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.

Bu mukofotni shaxsiy yutug‘im sifatida emas, balki Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasining ko‘p yillik fidokorona mehnati, ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi izchil sa’y-harakatlarimizning e’tirofi deb qabul qilaman.

So‘nggi yillarda Agentligimiz tomonidan dunyoning yetakchi universitetlari, xalqaro ta’lim tashkilotlari va xorijiy hamkorlar bilan samarali aloqalar yo‘lga qo‘yildi. Bugun o‘quvchilarimiz dunyoning nufuzli universitetlarida tahsil olmoqda, ustozlarimiz esa ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirib, ta’lim tizimiga tatbiq etmoqda.

Ishonamanki, ta’lim sohasidagi ana shunday hamkorlik xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro ishonchni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Shu fursatdan foydalanib, ushbu sharafli yo‘lda yelkadosh bo‘lib kelayotgan barcha hamkasblarimga, ustozlarimizga, xalqaro hamkorlarimizga, ota-onalar va aziz o‘quvchilarimizga chin dildan minnatdorlik bildiraman.

➡️ Rasmiy sahifalar