Новости школы · Tadbirlar

Bu yil Konstitutsiya kuni har qachongidan oʻzgacha nishonlanmoqda.

08.12.2025 800

Bu yil Konstitutsiya kuni har qachongidan oʻzgacha nishonlanmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev farmoyishi bilan Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish dasturi tasdiqlandi.
 
Farmoyishga belgilanganidek, ta’lim tashkilotlarida Konstitutsiya darslari atoqli huquqshunoslar, olimlar, sud va adliya tizimi, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbar va xodimlari ishtirokida o‘tkazilmoqda. “Kelajak soati” darslaridan biri “Mening huquqlarim” deb nomlanib, har bir bogʻcha, maktab, OTMda ta’sirli, mazmunan boy va kreativ kontentlar orqali oʻtib berildi.

Bulardan maqsad bitta: oʻquvchi-yoshlar, farzandlarimiz, pedagoglar oʻzining konstitutsion huquqlarini yaxshi bilsin, oʻrgansin. Zero, davlatimiz rahbari bayram tabrigida alohida ta’kidlaganlaridek, yoshlarimizga Asosiy qonunimizning mazmun-mohiyatini chuqur o‘rgatish, ularni konstitutsiyaviy qadriyatlar asosida yuksak ongli va vatanparvar fuqarolar, siyosiy tafakkur va huquqiy madaniyat egalari etib tarbiyalash oldimizda turgan g‘oyat muhim vazifadir.

Konstitutsiya – huquq va erkinliklarimiz kafolati. Huquqlarimizdan samarali foydalanaylik, erkinliklarimizni qadrlaylik, burchlarimizni yodda tutaylik!

Hilola Umarova,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari

@hilola_umarova