Новости школы · Maktab hayoti

“Bir ko‘chat – ming baraka”

05.04.2026 578

🌿 “Bir ko‘chat – ming baraka”

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati va xodimlari “Renessans” oromgohi hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 300 dan ziyod anjir, anor, behi va nok daraxti ko‘chatlarini ekdi, yashil hududlarni parvarish qildi hamda atrof-muhitni obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdi.

Shuningdek, milliy qadriyatlarimiz va bahoriy an’analarimizni o‘zida mujassam etgan sumalak va halim sayili tashkil etildi.

Muhtaram Prezidentimizning 2022-yil oktabr oyida “Yashil makon” loyihasini amalga oshirish borasidagi ko‘rsatmalari asosida, har yili kuzda 75 million dona, bahorda esa 125 million dona daraxt ekish an’anaga aylangan.

Ayni kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida bu ezgu ishlar izchil davom ettirilmoqda. Loyihaning asosiy maqsadi – ekologik vaziyatni yaxshilash, havo tozaligini ta’minlash va aholi salomatligini mustahkamlashdir.