Новости школы · Tadbirlar

“Bir avlod — bir yo‘l” loyihasi doirasida Prezident maktablari tajribasini ommalashtirish hamda umumta’lim…

27.03.2026 594

“Bir avlod — bir yo‘l” loyihasi doirasida Prezident maktablari tajribasini ommalashtirish hamda umumta’lim maktablari pedagoglarining kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan navbatdagi amaliy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Xiva shahrining 23 ta umumta’lim maktabidan tashrif buyurgan o‘qituvchilar uchun ingliz tili, matematika, biologiya, kimyo hamda ona tili fanlari bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi.

Darslar davomida:
✅ zamonaviy pedagogik texnologiyalar,
✅ interaktiv metodlar,
✅ samarali dars tashkil etish usullari bo‘yicha amaliy tajribalar ulashildi.

Mazkur loyiha orqali Prezident maktablari va umumta’lim maktablari o‘rtasida hamkorlik mustahkamlanib, o‘qituvchilarning bilim va tajriba almashinuvi uchun keng imkoniyatlar yaratildi.

Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube