Новости школы · Bizning faxrimiz

Aziz yurtdoshlar

31.08.2025 750

Aziz yurtdoshlar,
hurmatli ustoz va murabbiylar!

Sizlarni jonajon Vatanimiz Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!

Hurmatli Prezidentimiz boshchiligida Yangi Oʻzbekistonimiz barqaror taraqqiyot va keng qamrovli islohotlar yoʻlidan dadil borayotganini butun dunyo eʼtirof etyapti. Yangilanishlar har bir yurtdoshimiz, har bir oila hayotiga kirib borayotgani insonparvar siyosatning amaliy natijasidir.

Jahonga ikki buyuk Renessansni taqdim etgan mamlakatimizda bugun ulugʻ ajdodlarga munosib vorislar kamol topyapti, buyuk kelajakka mustahkam poydevor qoʻyilyapti.

Kuni kecha Mustaqillik tantanasida Davlatimiz rahbari taʼkidlaganlaridek: “Kelajakni mardlar, tarixni gʻoliblar yaratadi”. Bu yoʻldagi eng muhim omil, shubhasiz, taʻlim-tarbiyadir. Bunda ustozlarimizning, taʼlim fidoyilarining oʻrni beqiyos.

Qadrli hamkasblar!

Eng ulugʻ va eng aziz bayramimizda barchangizni yana bir bor tabriklab, sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va sharafli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman!

Istiqlolimiz bayrami barchamizga muborak boʻlsin!

Hilola Umarova,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi
rahbari oʻrinbosari