Новости школы · Tadbirlar

Aziz yurtdoshlar!

21.10.2025 689

Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni bugungi qutlug‘ sana — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan chin dildan muborakbod etaman!

Oʻzbek tili asrlar davomida xalqimiz ma’naviyati, adabiyoti va madaniyatining asosiy tayanchi bo‘lib kelgan. U millat sifatidagi mavjudligimizning ramzi, qalbimiz va tafakkurimiz oynasidir.

Shu bois ona tilimizga muhabbat va sadoqat ko‘rsatish, uning bor jozibasi bilan keyingi avlodlarga yetkazish — har bir yurtdoshimizning muqaddas burchidir.

Yana bir bor barchangizni bugungi bayram bilan samimiy tabriklayman.

O’zbek tili bayrami muborak bo’lsin!

E’zoza Karimova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

E’zoza Karimova