Новости школы · Xalqaro hamkorlik

AS va A daraja imtihonlari Prezident maktablarida davom etmoqda

05.05.2026 479

🎓 AS va A daraja imtihonlari Prezident maktablarida davom etmoqda

✅ Ayni kunlarda Prezident maktablarida Cambridge xalqaro AS va A daraja imtihonlari o‘tkazilmoqda.

🖌 Cambridge Assessment International Education tomonidan taqdim etiladigan A-level sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan nufuzli hujjat hisoblanadi. Imtihon natijalari A, B, C, D va E darajalarida baholanadi:

⏺ A — eng yuqori natija;
⏺ E — eng past ko‘rsatkich.

Mazkur sertifikat dunyoning 95 dan ortiq mamlakatidagi 1750 dan ortiq oliy ta’lim muassasasida tan olinadi. Ular orasida Times Higher Education reytingining TOP-20 taligiga kiritilgan nufuzli universitetlar ham mavjud.

✅ Prezident maktablari o‘quvchilari imtihonlarni quyidagi tartibda topshiradilar:

⏺ IGCSE — 9-sinf
⏺AS daraja — 10-sinf
⏺A-level (A daraja) — 11-sinf