Новости школы · Sport
Agentlikning tashkil topishi va bugungi ko‘lami
✅ Agentlikning tashkil topishi va bugungi ko‘lami
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan so‘nggi 7 yil davomida amalga oshirilgan ishlar, istiqboldagi rejalar, yangi o‘quv yilida maktablarga qabul jarayonlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot.
Bugungi kunda ta’lim sohasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilanib, keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, hurmatli Prezidentimiz qo‘llab-quvvatlashlari bilan so‘nggi yillarda ta’lim tizimida amalga oshirilgan o‘zgarishlar sohani butunlay yangi qiyofa va yangi bosqichga olib chiqdi.
Ayni shunday islohotlar davrida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-sentabrdagi
Ayni shunday islohotlar davrida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 sentyabrdagi PF–5815-son farmoni bilan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi faoliyati tashkil etildi.
Tashkil etilgan davrda tarkibida 16 ta (4 ta Prezident, 9 ta ijod va 3 ta ixtisoslashtirilgan) maktabga ega bo‘lgan tizim, bugungi kunda 234 ta ta’lim tashkiloti faoliyatini muvofiqlashtirib kelmoqda.
Joriy o‘quv yilida tizimda:
⏺14 ta Prezident maktabi
⏺9 ta ijod maktabi
⏺2 ta sport maktabi
⏺203 ta ixtisoslashtirilgan maktab
⏺3 ta oliy ta’lim muassasasi
⏺2 ta markaz va 1 ta oromgoh faoliyat yuritib kelmoqda.
✅ “Yangi O‘zbekiston” universitetida 1,6 ming nafar talaba tahsil olib kelmoqda. Shundan:
⏺1,2 ming nafari bakalavriatning 10 ta yo‘nalishida
⏺352 nafari magistraturaning 11 ta yo‘nalishida
⏺91 nafari PhD bosqichida o‘qimoqda.
Universitetda dars berib kelayotgan 80 nafar professor-o‘qituvchining ilmiy salohiyati 81 foizni tashkil etadi.
✅ Al-Xorazmiy universitetida 98 nafar talaba 3 ta ta’lim yo‘nalishida tahsil olmoqda. Yangi o‘quv yilida qo‘shimcha 2 ta bakalavriat hamda 3 ta magistratura yo‘nalishlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Tizimdagi jami 228 ta maktabda 75 mingga yaqin o‘quvchilarga 9 ming nafar pedagog tomonidan ta’lim-tarbiya berib kelinmoqda.
Mazkur maktablarning 78 tasi bugungi kunda maktab-internat maqomiga ega (14 ta Prezident, 9 ta ijod, 2 ta sport va 52 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internat).