Новости школы · Bizning faxrimiz
Agentlik maktablari o‘quvchilari ShHT xalqaro ilmiy-ta'lim lagerida munosib ishtirok etiyaptilar
🇺🇿Agentlik maktablari o‘quvchilari ShHT xalqaro ilmiy-ta'lim lagerida munosib ishtirok etiyaptilar
📍2026-yil 4–21-iyul kunlari Qirg‘iz Respublikasining Cho‘lponota shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga a’zo davlatlar o‘quvchilari uchun xalqaro ilmiy-ta’lim lageri bo‘lib o‘tmoqda.
🇰🇬 Qirg‘iz Respublikasi Ta’lim vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur nufuzli xalqaro loyihada O‘zbekiston delegatsiyasi ham faol ishtirok etmoqda. Delegatsiya tarkibidan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablari hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 15 nafar iqtidorli o‘quvchisi o‘rin olgan.
O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibi:
🟢 Andijon shahridagi Prezident maktabi — Xakimov Umidjon Sardorbek o‘g‘li
🟢 Buxoro shahridagi Prezident maktabi — Farmonov Sharifjon Sherali o‘g‘li
🟢 Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi — Hayitova Odinaxon Jasurbek qizi
🟢 Guliston shahridagi Prezident maktabi — Sultonboyeva Zarina Rasul qizi
🟢 Jizzax shahridagi Prezident maktabi — Nuriddinova Dinara Shamsiddinovna
🟢 Namangan shahridagi Prezident maktabi — Raximjonov Fayzulloh Abdutolib o‘g‘li
🟢 Nurafshon shahridagi Prezident maktabi — Muminov Shohruhbek Dilshod o‘g‘li
🟢 Nukus shahridagi Prezident maktabi — Seylbekova Rayxan Abubakirovna
🟢 Nukus shahridagi Prezident maktabi — Jumabayev Jaqsiliq Polatbay o‘g‘li
🟢 Qarshi shahridagi Prezident maktabi — Xolboyeva Shaxriniso Xurshid qizi
🟢 Samarqand shahridagi Prezident maktabi — Hasanov Javohir Sherzod o‘g‘li
🟢 Termiz shahridagi Prezident maktabi — Xayrullayeva Baxoraxon Faxrullayevna
🟢 Toshkent shahridagi Prezident maktabi — To‘lqinov Shuxrat Turg‘un o‘g‘li
🟢 Xiva shahridagi Prezident maktabi — Bekmuratov Akbar Mansurbekovich
🟢 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab — Taxirov Najmiddin Odilbek oʻgʻli
✅ Ilmiy-ta’lim lageri ishtirokchilarga zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan yaqindan tanishish, xalqaro tajriba almashish, innovatsion g‘oyalarni muhokama qilish hamda turli mamlakatlardan kelgan tengdoshlari bilan do‘stona aloqalarni mustahkamlash uchun keng imkoniyat yaratmoqda.