Новости школы · Tadbirlar
Agentlik direktori Xorazmlik yoshlar bilan uchrashdi
📢 Agentlik direktori Xorazmlik yoshlar bilan uchrashdi
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirovani Al-Xorazmiy universitetiga bugungi tashrifining eng muhim qismi - yoshlar bilan ochiq muloqot bo’ldi.
Muloqot davomida talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslari bilan bevosita murojaat qilishdi. Agentlik rahbari tomonidan bildirilgan har bir taklif ijobiy baholanib, ularni amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
“Yoshlarning fikri biz uchun eng muhim yo‘l ko‘rsatuvchidir. Ularning tashabbuslari tayanib, biz kelajakni quramiz,” — dedi Sevara Shakirova.
📚 So’ngra universitet jamoasi va professor-o‘qituvchilar bilan ta’lim jarayoni, amalga oshirilgan ishlar va qisqa vaqt ichida erishilgan natijalar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, universitetning kelgusi rejalari va strategik maqsadlari belgilandi.
Mazkur uchrashuv va muloqotlar - ta’lim sifatini yanada oshirish, yoshlarning fikrini eshitish va amaliy natijalarga yo‘naltirilgan hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Agentlik bundan keyin ham talabalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni muntazam davom ettiradi.