Новости школы · Maktab hayoti

Agentlik direktori Namanganda: yangi Al-Xorazmiy maktabi qurilishi va muhandislik maktabi istiqboli

21.04.2026 717

🏗 Agentlik direktori Namanganda: yangi Al-Xorazmiy maktabi qurilishi va muhandislik maktabi istiqboli

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova Namangan viloyatiga ishchi tashrifi davomida ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish ishlari bilan tanishdi. Asosiy maqsad — yangi o‘quv yiliga qadar ishga tushiriladigan muassasalardagi qurilish-montaj ishlarining borishini o‘rganish va muammolarni o‘z vaqtida hal etish edi.

✅ Agentlik rahbari 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab faoliyat boshlaydigan Al-Xorazmiy maktabi qurilishini ko‘zdan kechirib, mas’ullarga ishlarni belgilangan muddatda, sifatli va xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda yakunlash zarurligini ta’kidladi. Yangi o‘quv yilida o‘quvchilar darslarini ayni shu binoda boshlashlari lozimligi alohida qayd etildi.

✅ Shuningdek, Namangan davlat texnika universiteti rahbariyati bilan hamkorlikda muhandislik maktabi faoliyatini tashkil etish yuzasidan muhokama olib borildi.

Amaliy ishlar davom ettiriladi. Agentlik tomonidan ushbu ikki muhim loyihaning ijrosi muntazam nazoratga olingan.