Новости школы · Xalqaro hamkorlik
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Hands-On STEM with Low-Cost Materials” mavzusida…
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Hands-On STEM with Low-Cost Materials” mavzusida xalqaro seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbir Amerika xalqaro ta’lim kengashi hamda universitet hamkorligida tashkil etildi.
Seminar davomida STEM (fan, texnologiya, muhandislik va matematika) fanlarini o‘qitishda innovatsion va interfaol metodlardan foydalanish masalalari muhokama qilindi. Amaliy mashg‘ulotlar jarayonida ishtirokchilar hamkorlikda ishlash, muammolarni hal qilish va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini mustahkamlash bo‘yicha tajriba almashdilar.
Mazkur seminar-treningda maktabimizning ingliz tili fani o‘qituvchisi Nargiza Hamroyeva asosiy ma’ruzachi sifatida ishtirok etib, o‘zining xalqaro tajribasi hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlari bilan o‘rtoqlashdi.
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube