Новости школы · Tadbirlar

5-iyun — Xalqaro atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan Xiva shahridagi Prezident maktabining…

04.06.2025 1094

♻️ 5-iyun — Xalqaro atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan Xiva shahridagi Prezident maktabining “Green Boosters” jamoasi a’zolari tomonidan ekotarbiyaviy faoliyat davom ettirildi.

🌱 Ushbu munosabat bilan jamoa a’zolari Qo‘shko‘pir tumanidagi 39-maktabda bo‘lib o‘tgan katta tadbirda faol ishtirok etishdi. Tadbir doirasida:

🧠 “Zakovat” intellektual o‘yini,
🌍 “Yoshlar va iqlim” mavzusida davra suhbatlari tashkil etildi.

📚 Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarda ekologik ong va mas’uliyatni shakllantirish, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan yondashishga da’vat etishdan iborat bo‘ldi.