Новости школы · Tadbirlar

4S – Spirituality, Sport, Science, Socializing: Prezident maktablari o‘rtasida buyuk bayram yakunlandi

18.05.2026 927

✅ 4S – Spirituality, Sport, Science, Socializing: Prezident maktablari o‘rtasida buyuk bayram yakunlandi

🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan “Spirituality, Sport, Science, Socializing” (4S) festivali yuksak saviyada bo‘lib o‘tdi. Buxoro, Guliston, Jizzax, Navoiy, Nukus, Nurafshon, Qarshi, Samarqand, Termiz, Toshkent va Xiva shaharlaridagi Prezident maktablari jamoalarining ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Festival doirasida ishtirokchilar:

✅sport musobaqalarida kuch sinashib, jismoniy tayyorgarliklarini namoyish etdi;
✅intellektual o‘yinlarda bilim va mantiqiy fikrlash salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdi;
✅seminar va treninglarda yangi bilim va tajribalarga ega bo‘ldi;
✅madaniy chiqishlar orqali milliy qadriyatlar, san’at va ijodkorlikni namoyish etdi.

Tadbirlar davomida o‘quvchilar o‘rtasida do‘stona muhit shakllanib, o‘zaro tajriba almashish, yangi tanishuvlar orttirish va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Eng muhimi, turli shaharlardagi Prezident maktablari jamoalari o‘rtasidagi do‘stona aloqalar yanada mustahkamlandi.

Tadbirlar so‘ngida turli musobaqa va loyihalarda faol ishtirok etgan o‘qituvchi va o‘quvchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.