Новости школы · Bizning faxrimiz

30-iyun – Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!

30.06.2026 419

✨ 30-iyun – Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!

✅ Har gal sizlarning yutuqlaringiz haqida eshitsam, Yangi O‘zbekistonning ertangi kuni ishonchli qo‘llarda ekaniga yana bir bor amin bo‘laman. Bugun Prezidentimiz yaratib berayotgan imkoniyatlar tufayli yoshlarimiz dunyoning eng nufuzli universitetlariga grant asosida o‘qishga kirayotgani, xalqaro fan olimpiadalari, sport va ijodiy tanlovlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgani barchamiz uchun cheksiz faxrdir.

🇺🇿 Joriy yilda ham bu yutuqlar yuksak e’tirof etildi. Prezidentimizning qarorlari bilan agentligimiz tizimidagi ta’lim muassasalari vakillari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Jumladan, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchisi, 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi ilmiy qo‘mitasi a’zosi Daler Rahimov va Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Paxlavon G‘ulomov «Mard o‘g‘lon» davlat mukofotiga sazovor bo‘lishdi. Bu — bilim, mehnat va fidoyilik munosib qadrlanayotganining yana bir yorqin ifodasidir.

🌿 Aziz yoshlar, hech qachon orzu qilishdan va o‘rganishdan to‘xtamang. O‘z kuchingizga ishoning, katta maqsadlar sari dadil intiling. Sizning har bir muvaffaqiyatingiz nafaqat shaxsiy yutug‘ingiz, balki Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga qo‘shilgan munosib hissadir.

✅ Rasmiy sahifalar