Новости школы · Xalqaro hamkorlik

2026/2027 o‘quv yilida tashkil etiladigan yangi maktablar

24.04.2026 525

✅ 2026/2027 o‘quv yilida tashkil etiladigan yangi maktablar

Quyidagi yangi ta’lim muassasalari ochiladi:

✅ Qashqadaryo, Namangan va Navoiy viloyatlarida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali tashkil etilib, 5–10 sinflarga o‘quvchilar qabul qilinadi;

✅ Toshkent shahrida xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati tashkil etilib, maktabgacha tayyorlov guruhi hamda 1–7 sinflarga o‘quvchilar qabul qilinadi.

✅ Shuningdek, hududlarda bosqichma-bosqich muhandislik maktablari tashkil etilib, 7–10 sinflarga o‘quvchilar qabul qilinadi;

✅ Mirzacho‘l, Romitan, Toyloq, Xovos, So‘x, Toshkent tumanlarida ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilib, aniq fanlar yo‘nalishiga 5–10, tabiiy fanlar yo‘nalishiga 7–10 sinflarga o‘quvchilar qabul qilinadi.

✅ “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy dasturga respublika bo‘ylab 1500 nafar 9-sinf bitiruvchilari saralab olinadi.

✅ 2026/2027 o‘quv yilida tashkil etilishi rejalashtirilgan maktablarga rahbar va pedagog xodimlar tanlov asosida ishga qabul qilinadi.

🧑‍💼 Rahbar xodimlar – ikki bosqichli tanlov (saralash va suhbat)
👩‍🏫 Pedagog xodimlar – uch bosqichli tanlov (saralash, test va suhbat)

Hujjatlarni qabul qilish vacancy.piima.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.