Новости школы · Bitiruvchilar

2026-2027-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga…

19.05.2026 923

📚 2026-2027-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish bo‘yicha savol-javoblar

🔴 SAVOL: UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING 4-SINF BITIRUVCHISI NECHTA MAKTABGA HUJJAT TOPSHIRA OLADI?

✅ JAVOB: 4-sinf bitiruvchisi:

➡️ Prezident maktabiga hamda unga qo‘shimcha (alternativ) ravishda hududdagi ixtisoslashtirilgan maktablarning biriga;

➡️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga yoki uning hududdagi filialiga;

➡️ hududdagi ixtisoslashtirilgan maktablardan biriga hamda unga qo‘shimcha (alternativ) ravishda shu hududdagi yana bir ixtisoslashtirilgan maktabga;

➡️ Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga hujjat topshirish imkoniyatiga ega.

⚫️ Shunga ko‘ra, mazkur o‘quvchi 4 marotaba ariza yuborish orqali 6 ta maktabga hujjat topshirishi mumkin.

⚫️O‘quvchining hujjatlari qabul qilingan taqdirda, u belgilangan har xil kunlarda 4 ta alohida kirish imtihonlariga qatnashadi va to‘plagan bali yetarli bo‘lgan taqdirda barcha 6 ta maktabga o‘qishga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun -  Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin