2017-yilda maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi jami pedagog kadrlar soni 58 400 nafar (oliy maʼlumotlilar 12…
✅ 2017-yilda maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi jami pedagog kadrlar soni 58 400 nafar (oliy maʼlumotlilar 12 600 ming nafar yoki 21,6 foiz)ni tashkil etgan boʻlsa, bugungi kunda maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi jami pedagoglar soni 179 507 nafar (oliy maʼlumotli pedagoglar 69,8 ming nafar yoki 38,9 foiz)ni tashkil etmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2026-yil 5-fevraldagi tegishli Farmoni bilan, 2026-2027 oʻquv yilidan davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻrta maxsus maʼlumotli pedagog kadrlar uchun tegishli oliy taʼlim tashkilotlarida dual taʼlim (5+1 shaklda) asosida maktabgacha taʼlim yoʻnalishida toʻlov-shartnoma asosida bakalavrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.
➖ 2020-yildan buyon sohaga nodavlat sektorni keng jalb qilinishi natijasida bugungi kunda 29 196 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti, 1 440 ta xususiy maktabgacha taʼlim tashkiloti, 750 ta xususiy maktab tashkil etildi.
Xususan, 2025-yilda 1 187 ta oilaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil etilgan hamda 25 mingdan ortiq nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga davlat byudjetidan 3,9 trln soʻm subsidiya toʻlab berilgan.
➖ Joriy yilda ham ushbu tashkilotlarni subsidiya bilan taʼminlash uchun jami 4,7 trln soʻm (har oyda oʻrtacha 330 mlrd soʻm) mablagʻ ajratilgan boʻlib, bunda yil yakuniga qadar asosan kambagʻallik darajasi yuqori boʻlgan hamda qamrov darajasi past boʻlgan joylarda 2 mingdan ortiq oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etilmoqda.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍