School news · Xalqaro hamkorlik

Yaqinda “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturiga qabul uchun oʻquvchilar oʻrtasida imtihon…

12.08.2025 1428

❓Yaqinda “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturiga qabul uchun oʻquvchilar oʻrtasida imtihon oʻtkazildi. Ushbu oʻquvchilar kelgusida qay tartibda oʻqitiladi, bundan maqsad nima?

✅ Xabaringiz bor, joriy yilning 15-mayida Davlatimiz rahbarining “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu hujjatda bu haqida batafsil keltirib oʻtilgan.

➖ Unga koʻra, har yili xorijiy oliy taʻlim tashkilotlarida oʻqishga salohiyati mavjud umumtaʻlim tashkilotlarining joriy 9-sinf bitiruvchilari (1 500 nafargacha) imtihon asosida saralab olinadi.

➖ Bundan asosiy maqsad, ushbu oʻquvchilar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning maktab maslahatchilariga biriktiriladi. Oʻquvchilar 10-11-sinfda oʻqish davomida maxsus platforma orqali qoʻshimcha oʻqishga jalb etiladi.

👉 Shuningdek, oʻquvchilar uchun dunyoning ilgʻor oliy taʻlim tashkilotlari qabul talablaridan kelib chiqib “Renessans” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida qisqa muddatli oʻquvlar tashkil etiladi.

❗️Bulardan asosiy maqsad, tanlab olingan oʻquvchilarni xorijiy oliy taʻlim tashkilotlariga oʻqishga kirishi uchun chuqurlashtirilgan holda tayyorlashdan iboratdir.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal